» » Rossiya saylov komissiyasi raisi Putinning matbuot kotibiga dakki berdi

Rossiya saylov komissiyasi raisi Putinning matbuot kotibiga dakki berdi


Rossiya markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga rahbari faoliyatini baholagani va shu tariqa uni targ‘ib qilgani uchun dakki berdi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Pamfilova Peskovning qaysi bayonoti haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi, faqat aytganlari 29-yanvar kuni bildirgan fikrlarga tegishli ekanligini ta’kidladi.

U saylov kampaniyasi davomida mansabdorlar lavozimidan targ‘ibot uchun foydalanish, jumladan, kimni maqbul ko‘rishlarini ifodalashga haqqi yo‘qligini eslatdi va Peskovdan boshqa bunday qilmaslikni so‘radi.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Peskov 29-yanvar kuni jurnalistlar bilan muloqoti davomida Vladimir Putin “jamoatchilik fikrining mutloq yetakchisi” ekanligini da’vo qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют