» » Fransiya janubida ikkita harbiy vertolyot halokatga uchradi

Fransiya janubida ikkita harbiy vertolyot halokatga uchradi


Fransiya janubidagi Var departamentida ikkita harbiy vertolyot halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan, deb xabar berdi Meduza.

Prefekturadagilarning ma’lum qilishicha, vertolyotlar quruqlikdagi kuchlarning aviatsiya bilim yurtiga tegishli bo‘lgan. Fojia, taxminan, soat 13:00 da sodir bo‘lgan. Vertolyotlarning qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmadi. Ular o‘zaro to‘qnashib ketgan bo‘lishi ham mumkin.

Halokatga uchragan vertolyotlar — ko‘p maqsadli Gazelle modellari bo‘lgan. Ular Kars ko‘li yaqida qulab tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют