» » Janubiy Koreyaning Puchon universiteti Toshkentda o‘z filialini ochadi

Janubiy Koreyaning Puchon universiteti Toshkentda o‘z filialini ochadi


Janubiy Koreyaning Puchon universiteti Toshkentda o‘z filialini ochadi. Ilk qabul joriy yil yozida boshlanadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” maktabgacha ta’lim vazirligiga asoslanib.

Toshkent shahrida Puchon universiteti filialini ochish bo‘yicha bayonnoma 2-fevral kuni maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Puchon universiteti professori Li Dong Vuk tomonidan imzolandi.

Toshkent filialida bir qancha fakultet, shu jumladan, pedagogika va psixologiya fakultetlari ishlaydi.

Bugungi kunda Puchon universitetida jami 26 fakultet mavjud.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq maktabgacha ta’lim vazirligi va universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют