» » O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT Milliy koordinatorlari kengashining Pekindagi yig‘ilishida qatnashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT Milliy koordinatorlari kengashining Pekindagi yig‘ilishida qatnashdi


30-yanvar – 2-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv doirasida ShHT Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisiga, tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida “ShHT – Afg‘oniston” muloqot guruhi, Bosh prokurorlar majlislariga tayyorgalik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi, shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-yil uchun Hamkorlik dasturi, 2018-yil uchun asosiy tadbirlar dasturi loyihalari va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqildi.

Tadbir so‘ngida yakuniy bayonnoma imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют