» » Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bir hududning ikki vakiliga beriladi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bir hududning ikki vakiliga beriladi


Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorga beriladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Shu paytgacha mukofot bir hududning 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bir vakiliga berib kelingandi.

Yangi tartibga muvofiq, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2017-yil uchun istisno tariqasida 15 qiz Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют