» » Rossiya Idlibdagi Su-25 samolyoti urib tushirilgan hududga zarba berdi

Rossiya Idlibdagi Su-25 samolyoti urib tushirilgan hududga zarba berdi


Su-25 samolyoti urib tushirilgan hududga berilgan zarba natijasida 30 nafar jangari o‘ldirildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.

“Idlib viloyatidagi ‘Jabhat an-Nusra’ terrorchi guruhi nazoratidagi Su-25 samolyotiga qarata zenit raketasi uchirilgan hududga yuqori aniqlikdagi qurol bilan zarba berildi. Buning natijasida 30 dan ortiq jangari o‘ldirildi”, —deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirda Rossiya Turkiya tomoni bilan birgalikda halok bo‘lgan uchuvchining jasadini qaytarishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya shturmchi samolyoti Idlib viloyatida 3-fevral, shanba kuni urib tushirildi. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurdi, biroq keyinchalik terrorchilar bilan jangda halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 16) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют