» » Suriyaning Mayadin shahri yaqinida 70 dan ortiq jangari yo‘q qilindi

Suriyaning Mayadin shahri yaqinida 70 dan ortiq jangari yo‘q qilindi


Rossiya havo-kosmik kuchlari Suriyaning Mayadin shahri yaqinida amalga oshirgan aviazarbalar natijasida 70 dan ortiq jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining matbuot kotibi general-mayor Igor Konashenkov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.

“Terrorchilarning tiri kuch yo‘qotishlari 50 kishidan oshdi. Yana 30 ga yaqin terrorchi yer osti tunnellarida qolib ketdi”, — dedi Konashenkov.

“40 daqiqadan so‘ng Su-34 samolyoti shu tumanga qayta zarba berdi, buning natijasida yana 20 ga yaqin jangari yo‘q qilindi”, — qo‘shimcha qildi harbiy amaldor.

Rossiya sutka davomida Suriyaning turli hududlarida IShIDga 182 aviazarba berdi, aniqlashtirib o‘tdi Konashenkov.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют