» » Kim Chen In rafiqasi bilan yangi trolleybusda Pxenyanni aylandi

Kim Chen In rafiqasi bilan yangi trolleybusda Pxenyanni aylandi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tungi Pxenyan bo‘ylab poytaxt zavodida ishlab chiqarilgan yangi trolleybusda aylandi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

Sayyohat davomida siyosatchiga turmush o‘rtog‘i Li Sol Chju, shuningdek, Koreya Mehnat partiyasi vakillari hamrohlik qildi.

Kim Chen Inning trolleybusdan ko‘ngli to‘ldi: transport vositasi mamlakatda ishlab chiqarilgani, yaxshi harakatlanishi, amortizatorlar ishi, ortiqcha shovqinlar yo‘qligini e’tirof qildi.

Ekspertlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi keyingi paytda fuqarolik ob’ektlariga tez-tez tashrif buyuradigan bo‘ldi. Shu yilning o‘zida Kim Chen In poytaxtdagi farmatsevtika zavodi va Pxenyan pedagogika institutida bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют