» » “Al-Jazira” bilan muddatidan oldin xayrlashgan Sardor Rashidov Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchisiga aylandi

“Al-Jazira” bilan muddatidan oldin xayrlashgan Sardor Rashidov Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchisiga aylandi


Sardor Rashidov faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi safida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Yozda Rashidov Amirliklarning “Al-Jazira” klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishgan bo‘lib, klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida to‘p surishdan umid qilgandi. Biroq “Jazira”ning gollandiyalik bosh murabbiyi Rashidovni birorta ham o‘yinda maydonga tushirmadi. Shuningdek, futbolchi boshlang‘ich tarkibning muqim a’zosiga aylana olmadi.

Ikki tomon kelishuviga ko‘ra, 2 yillik bitim bekor qilinib, Rashidov ona shahri Jizzaxga qaytib kelgandi. Fursatdan foydalangan va Chempionlar Ligasida munosib ishtirok etishni maqsad qilayotgan “Lokomotiv” uni o‘z safiga chorladi va 1 yillik kelishuvga erishdi. Bungacha Rashidov o‘zining sobiq murabbiyi boshqarayotgan Fransiyaning “Renn” klubi safiga yozda borib qo‘shilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Rashidov “Al-Jazira”ga Qatarning “Al-Jaish” klubidan yetib kelgandi. Qatar Yulduzlar Ligasining ikki yetakchisi — “Al-Jaish” hamda “Lahviya” o‘zaro birlashib, “Al-Duhayl” klubiga aylangach, Sardor Qatarni tark etishga qaror qilgan. Bu orada Osiyoning 2016-yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon Rashidovga ikki bor qo‘ng‘iroq qilib, uni “Al-Ayn”ga taklif qildi. Biroq o‘zbekistonlik futbolchi “Al-Jazira”ni afzal bildi. Ayni vaqtda “Jazira” turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Al-Ayn” Amirlik chempionatida peshqadamlik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют