» » Amerikalik vudu-ekzorsistlar besh yoshli qizchani yoqib yubordi

Amerikalik vudu-ekzorsistlar besh yoshli qizchani yoqib yubordi


Amerikaning Massachusets shtatida opa-singil besh yoshli qizchadan “iblisni haydamoqchi” bo‘lib, uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, yoqib yubordi, deb yozadi New York Post. Shuningdek, ular qizchaning sakkiz yoshli akasiga machete bilan kallasini uzib tashlash haqida tahdid qilgan.

Bolaning so‘zlariga ko‘ra, ayollar uning singlisining yuzini yondirgan, qo‘li va bo‘yniga ignasimon narsalarni sanchgan va qon chiqargan. Ko‘zlariga ham achitadigan suyuqlikni quygan.

Jabrlanuvchini uchinchi darajali yuz kuyishi bilan kasalxonaga eltishgan. So‘ng uni akasi bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlar olib ketgan.

“Diniy marosim”ni o‘tkazish uchun ayollarni bolalarning onasi yollagan. Sartarosh bo‘lib ishlaydigan ayol vudu bilan shug‘ullanuvchi mijoziga qizining quloqsiz va injiq ekanligidan noligan va undan “iblisni quvish” uchun vudu marosimini o‘tkazishni so‘ragan. Onani javobgarlikka tortishmadi, ammo ruhiy davolanishga yuborishdi.

Opa-singil esa qizchaga zarar yetkazganini rad etmoqda, ular 7-fevral kuni sud qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют