» » Amerikalik ayol ikki nafar o‘g‘lini gaz pechida yoqib yubordi

Amerikalik ayol ikki nafar o‘g‘lini gaz pechida yoqib yubordi


Amerikaning Atlanta shahrida (Jorjiya shtati) yashovchi 24 yoshli ona o‘zining ikki nafar yosh o‘g‘lining o‘limida ayblanmoqda, deb xabar berdi The Atlanta Journal-Constitution. Tergov taxminlariga ko‘ra, ayol bir va ikki yoshli fazandini gaz pechiga joylashtirib yoqib yuborgan.

Huquq-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, amerikalik ayol farzandlarining otasiga qo‘ng‘iroq qilgan va videochat orqali ularning jasadini ko‘rsatgan. Erkak darhol bu haqda politsiyaga xabar bergan. Aniqlanishicha, juftlikning yana bir o‘g‘li — uch yoshli Jamilga hech qanday jarohat yetmagan. Juftlikning katta farzandi, 6 yoshli qizaloq o‘sha kuni qarindoshlarinikida mehmonda bo‘lgan.

Nashrning ta’kidlashicha, ayol ruhiy kasallikdan azob chekkan, biroq shifokorlarga murojaat qilmagan. Bir oylar oldin u bolalariga enaga topa olmagani sabab ishdan bo‘shagan.

Ayolning yaqin dugonasini aytishicha, u farzandlarini deyarli bir o‘zi, ularning otasidan zarur yordamni olmay tarbiyalagan.

Ayblanuvchi ayolning ta’kidlashicha, u o‘g‘illarini bir tanishiga topshirib ketgan va uyga qaytgach ularni o‘lik holda topgan. Biroq politsiya ayolning ushbu versiyasiga ishonmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют