» » “Hidoyat” diniy-ma’rifiy jurnalida bolalarga diniy saboq berila boshladi

“Hidoyat” diniy-ma’rifiy jurnalida bolalarga diniy saboq berila boshladi


O‘zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ma’rifiy nashri hisoblangan “Hidoyat” jurnalining 2018-yilning 1-sonidan boshlab “Bolalar sahifasi” rukni ostida bolalar uchun saboqlar berila boshladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bolalar uchun saboqlar ular tushunadigan lotin yozuvida berilmoqda.

Quyida ushbu sahifada bolajonlar uchun berilgan birinchi saboq bilan tanishishingiz mumkin.

Birinchi saboq: Tabarruk kalomlar

Assalomu alaykum, aziz nuridiydalar!

Qani endi “Bismillahir rohmanir rohim” deb cho‘kka tushib o‘tiring-chi! Nega bunday deymiz, uning ma’nosini bilasizlarmi? Uning ma’nosi: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman” demakdir. Har bir musulmon farzandi nima ish qilsa ham, xoh dars o‘qisin yo biror ishni boshlayotgan bo‘lsin, uyga kirayotgan yoki dasturxonga o‘tirib ovqatlanayotgan bo‘lsin, xoh uyquga yotayotgan yoki kiyim kiyayotgan bo‘lsin, albatta, ana shu so‘zlarni aytishi kerak. “Bismilloh”siz boshlangan ish barakali bo‘lmaydi. Biz musulmonlar hatto “Bismilloh” aytilmay so‘yilgan hayvonning go‘shtini yemaymiz.

Bundan tashqari, siz bilib olishingiz kerak bo‘lgan yana bir kalima bor. U bunday aytiladi: “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym”. Ma’nosi: “Alloh dargohidan quvilgan shaytonning yovuzligidan panoh so‘rayman” degani. Qur’ondan bir oyat o‘qisangiz ham, albatta, oldin ana shu kalimani aytish kerak.

Qur’on o‘qish uchun tahorat qilish zarur. Tahorat qilish unchalik qiyin ish emas. Oldin qo‘llaringizni uch marta oshig‘i bilan yaxshilab yuvasiz, keyin og‘izni uch marta suv bilan chayqab, bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan tishlarni ishqaysiz, burunga uch bor suv tortib qoqasiz. Keyin yuzingizni, peshonadan iyak ostigacha va ikki quloq orasini uch marta yaxshilab yuvasiz.

So‘ngra ikki qo‘l bilaklarini tirsaklar bilan qo‘shib yuvasiz, qo‘lingizni ho‘llab boshingizga, quloqlaringizga va bo‘yningizga (surasiz) mash qilasiz. Shundan so‘ng oyoqlarni to‘pig‘i bilan qo‘shib, panjalar orasiga barmoq tiqib yaxshilab yuvasiz. Bu amallarni qilish tartibini ota-onangizdan so‘rasangiz, sizlarga yaxshilab o‘rgatishadi.

Hozircha shular yetarli. Xayr, bolajonlar!

Ahmad Muhammad

tayyorladi

Ushbu saboqlarni kuzatib borish va jurnalga obuna bo‘lishni istaganlar o‘zlari yashab turgan hududdagi masjidga murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Islom nuri” gazetasi va “Hidoyat” jurnali O‘zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ma’rifiy nashrlari hisoblanadi. Bir yillik obuna narxi “Islom nuri” gazetasi uchun 36 ming so‘m va “Hidoyat” jurnali uchun esa 45 ming so‘mni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют