» » Suriya shimolida o‘tkazilgan operatsiyalar vaqtida bir nafar turk harbiysi halok bo‘ldi

Suriya shimolida o‘tkazilgan operatsiyalar vaqtida bir nafar turk harbiysi halok bo‘ldi


Turkiya Qurolli Kuchlarining Suriyada o‘tkazayotgan “Zaytun novdasi” operatsiyasi vaqtida yana bir turk harbiysi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

“Idlib viloyatidagi oltinchi sonli kuzatuv punktimizga terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida biz bir safdoshimizdan ayrildik, besh nafar harbiy, jumladan, bir nafar fuqaro ham jarohat olgan. O‘q uzgan tarafga qarata mavjud barcha vositalar orqali zarba berildi”, — deyiladi Qurolli Kuchlar bosh shtabining bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Qurolli Kuchlari 20-yanvar kuni Afrindagi “Suriya demokratik kuchlari” qurollangan koalitsiyasi tarkibiga kiruvchi kurd bo‘linmalariga qarshi “Zaytun novdasi” operatsiyasini boshlagan. Operatsiyalar boshlanganidan buyon 20 ga yaqin turk askarlari halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют