» » Venesuelada prezidentlik saylovi 22-aprel kuni o‘tkazilishi belgilandi

Venesuelada prezidentlik saylovi 22-aprel kuni o‘tkazilishi belgilandi


Venesuelada prezidentlik saylovi joriy yil 22-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat milliy saylov kengashi raisi Tibisay Lusena ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro muxolifatga bo‘lajak saylovda ishtirok etishi uchun “keng vakolatlar” berishni va’da qildi.

“Muxolifat nomzodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishini istayman. Biz ularga keng saylov kafolatlarini beramiz”, — dedi Maduro.

Nikolas Maduro 2-fevral kuni Yagona sotsialistik partiya yig‘ilishida prezidentlik lavozimiga nomzod sifatida rasman e’lon qilindi. U g‘alaba qozongan taqdirda mamlakat iqtisodiy tizimini mustahkamlashga qaratilgan siyosat yuritishda davom etishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют