» » 2017-yilning IV choragida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi

2017-yilning IV choragida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi


2017 yilning IV choragida qat’iy pul-kredit siyosatining davom ettirilishi va monetar omillarning narxlar o‘sishiga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarga qaramay iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda iste’mol narxlari indeksi (INI) bo‘yicha hisoblangan inflyatsiya darajasi 14,4 foizni, 2017-yilning IV choragida esa 6,1 foizni tashkil etdi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 15,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari – 16,1 foiz va xizmatlar – 8,6 foizga oshdi.

Iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sish sur’atlarida oldingi yillarga nisbatan nomutanosib ravishda tezlashuv kuzatildi.

Xizmatlar narxlari va tariflari o‘sish sur’atlari 2017-yilning II va III choraklarga (2,4 va 3,1 foiz) nisbatan sekinlashib IV chorakda 1,5 foizni tashkil etdi.

2017-yilning noyabr oyida benzin va elektr energiyasi narxlarining oshirilishi yilning IV choragida inflyatsiya darajasi o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan bo‘ldi.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, 2017-yilning dekabr oyida ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar miqdorini oshirilishi tufayli inflyatsion kutilmalarning ortishi ham iqtisodiyotdagi iste’mol narxlari o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Iste’mol narxlari dinamikasining oylar kesimidagi tahlili 2017-yil davomida inflyatsiya darajasiga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi eng ko‘p ta’sir etganligini ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiyotda 2016—2017 yillar davomida narxlar o‘zgarishi tahlili ichki narxlar o‘sishiga monetar omillar bilan bir qatorda nomonetar omillarning ta’siri mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, 2017-yilning yoz oylarida oziq-ovqat narxlarining mavsumiy pasayishi 2016-yilga nisbatan sezilarli darajada past bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilning kuz-qish mavsumidagi o‘sish sur’atlari 2016-yil ko‘rsatgichlaridan ancha yuqori bo‘ldi.

Shuningdek, 2017-yilda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining 2016-yilga nisbatan nomutanosib o‘sishi kuzatildi. Xususan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sish sur’atlari 2016-yilda 10,1 foizdan 2017-yilda 16,1 foizgacha tezlashgan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari – 0,3 foizdan 15,9 foizgacha oshdi.

Narxlarning sezilarli o‘sishi go‘sht mahsulotlari, tuxum, shakar, sut, o‘simlik yog‘lari hamda meva va sabzavot mahsulotlari (olma va nok, pomidor, bodring, kartoshka va boshqalar) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Nooziq-ovqat iste’mol mahsulotlaridan qurilish materiallari, shaxsiy gigiyena mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal narxlarining o‘sganligini qayd etish mumkin.

Ichki iste’mol bozoridagi narxlar o‘sishiga nomonetar omillarning ta’siri, tashqi savdoning erkinlashtirilishi natijasida ichki narxlarning qo‘shni davlatlardagi narxlar darajasigacha o‘sishi, mahsulotlarni import qilishda sust raqobat muhiti hamda qurilish mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabning oshib borishi bilan izohlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют