» » Shavkat Mirziyoyev qorakolchilikni rivojlantirish boyicha ixtisoslashgan institut va jamgarma tashkil etishga korsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev qorakolchilikni rivojlantirish boyicha ixtisoslashgan institut va jamgarma tashkil etishga korsatma berdi


Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Buxoro tumanida viloyatda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti otkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chorvachilik, parrandachilik, ipakchilik, echkichilik, asalchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, paxta maydonlarini qisqartirish va meva-sabzavot yetishtirishni kopaytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan rejalar haqida malumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev qorakolchilikni rivojlantirish masalasiga alohida etibor qaratdi. Buxoro qorakolchilikning asl vatani ekani, mahalliy aholi ilgaridan bunday mahsulotlarni butun dunyoga sotib, katta daromad topganini qayd etdi. Bu sohada yoqolib borayotgan naslchilik va tajribani qayta tiklash, chopon va tikuvchi hunarmandlarni qollab-quvvatlash zarurligini takidladi. Qorakolchilik boyicha institut va jamgarma, Buxoroda zavod tashkil etish yuzasidani topshiriqlar berdi.

Yana bir diqqatga sazovor loyiha tut bargidan foydali choy ishlab chiqarishga doir. Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin moddasi odatdagi choydan 200 barobar kam. Vitamin va minerallar esa, aksincha, koproq.

Prezident bu loyihani maqullab, bunday choy aholi salomatligi uchun foydaliligi, import ornini bosishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanini takidladi.

Buxoroda ormon xojaligi yonalishida ham katta imkoniyatlar mavjud. Mamlakatda osadigan shifobaxsh nematlar koplab sohalarda keng qollaniladi. Xususan, sistanxe va isiriq osimligiga xorijiy farmatsevtika korxonalarida talab yuqori. Birgina sistanxening dorivor xususiyati jenshen osimligiga qaraganda besh barobar yuqoriligiga etibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev bunday tabiiy imkoniyatlarni tola ishga solish orqali yangi ish orinlari yaratish, eksportni kopaytirish boyicha topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-02-2018, 19:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -