» » Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga safari, Ahmadboyning suddagi so‘nggi so‘zi, Telegram’ning O‘zbekistondagi yuqori o‘rni va kunning boshqa muhim xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Buxoroga safari, Ahmadboyning suddagi so‘nggi so‘zi, Telegram’ning O‘zbekistondagi yuqori o‘rni va kunning boshqa muhim xabarlari


16-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyurdi. Prezident viloyatga tashrifini Naqshband majmuasini ziyorat qilishdan boshladi, baliqchilik va qorako‘lchilik korxonalarida bo‘ldi, turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, Buxoro shahridagi bolalar bog‘chasini borib ko‘rdi.

2. Chinozlik Ahmadboyning so‘nggi so‘zi: Men hech qachon birovni aldamaganman. O‘zbekiston tarixidagi eng mashhur moliyaviy piramida asoschisiga hukm 19-fevralda e’lon qilinishi kutilmoqda.

3. Video: Toshkentdagi 16-fevral voqealariga 19 yil to‘ldi. O‘shanda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Meni bunday ishlar bilan o‘zgartirolmaysiz”, degandi.

4. “Qorong‘ida qarovsiz tashlab ketilgan”. Farg‘onalik besh yoshli qizchaning o‘limi bo‘yicha nimalar ma’lum?

5. Bloger Telegram messenjerining O‘zbekiston ijtimoiy va siyosiy hayotidagi o‘rnini yuqori baholadi. 2017-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Telegram foydalanuvchilari soni bo‘yicha yuqori uchlikka kirgan, birinchi va ikkinchi o‘rinlarda Eron va Malayziya joylashgan.

6. O‘zbekiston Osiyo futbolining “uyqudagi” giganti. FIFA mamlakat futboli e’tirof etilgan maqola e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют