» » Nigeriyada qo‘y podasi sababli yuz bergan otishmada 36 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada qo‘y podasi sababli yuz bergan otishmada 36 kishi halok bo‘ldi


Nigeriyada qo‘y podasi sababli yuz bergan otishmada 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Mahalliy ovchilar cho‘pon boqib yurgan poda ichida o‘g‘irlangan qo‘ylar bor, deb gumon qiladi. Cho‘pon esa podani tashlab, qochib ketadi.

U qo‘shni hududdagi bezorilarga yordam so‘rab murojaat qiladi va ularni ovchilarga pistirma qo‘yishga ko‘ndiradi. Ikki guruh o‘rtasida otishma ro‘y beradi.

Voqea joyiga kelgan politsiya 18 ta jasadga duch keldi, biroq huquq-tartibot xodimlari jinoyatchilar yana shuncha jasadni o‘zi bilan olib ketganiga ishonchi komil. Ularni qidirish davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют