» » Timur Kapadzedan birinchi qadam: O‘zbekiston milliy termasining Senegal va Marokashga qarshi kengaytirilgan tarkibi aniq

Timur Kapadzedan birinchi qadam: O‘zbekiston milliy termasining Senegal va Marokashga qarshi kengaytirilgan tarkibi aniq


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze Senegal va Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Undan 30 nafar futbolchi joy oldi.

Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadigan bellashuvlar FIFA kunlariga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqib, Kapadze legioner futbolchilarni ham o‘z tarkibiga kiritgan. Ahamiyatli tomoni, Kapadze terma yetakchilaridan biri bo‘lgan Server Jeparovni ro‘yxatdan tushirib qoldirgan.

Kengaytirilgan tarkib vaqt o‘tib, asosiy ko‘rinishga keladi va jamoa 19-mart kuni Toshkentda yig‘ilib, 20-mart kuni Istanbul orqali Marokashga yo‘l oladi. Senegalga qarshi o‘yin 23-mart kuni, Marokashga qarshi bellashuv 27-mart kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют