» » AQShning bir yo‘la ikki kemasi Qora dengizga kirdi

AQShning bir yo‘la ikki kemasi Qora dengizga kirdi


AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Carney esminetsi 17-fevral, shanba kuni Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tib, Qora dengizga kirdi va u yerda Ross esminetsiga qo‘shildi. Bu haqda 6-flot matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Qora dengizga bir yo‘la ikki kemani yuborish qarori oldindan qabul qilingan va biror holatga munosabat bildirishni ko‘zda tutmagan. Biz bu strategik muhim mintaqada o‘zimiz tanlagan vaqt va sur’atda ishlaymiz”, — ta’kidladi Carney komandiri, vitse-admiral Kristofer Gredi.

Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlarning ikki kemasi Qora dengizda bir paytda oxirgi bor 2017-yil iyulida, AQSh va Ukrainaning Sea Breeze mashg‘ulotlari chog‘ida bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют