» » Rossiya fregati Suriyaga borish uchun O‘rtayer dengiziga yo‘l oldi

Rossiya fregati Suriyaga borish uchun O‘rtayer dengiziga yo‘l oldi


Rossiya Qora dengiz flotining “Admiral Grigorovich” fregati Qora dengizdan Suriya tomon yo‘l oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“‘Kalibr’ qanotli raketalari bilan qurollangan ‘Admiral Grigorovich’ fregati Bosfor bo‘g‘ozi orqali Suriyaga yo‘l oldi”, — deya xabar bermoqda turk bo‘g‘ozlari orqali harbiy kemalar o‘tishini o‘rganuvchi Bosphorus Observer sayti.

New & powerful: Armed with Kalibr SS-N-27 missiles, #ВМФ #ЧФ frigate Admiral Grigorovich transits Bosphorus en route to Eastern Med #Syria pic.twitter.com/lDHe7iPONh

— Y?r?k I??k (@YorukIsik) April 7, 2017

Eslatib o‘tamiz, mazkur kema o‘tgan yil noyabrida IShID va “Jibhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotlarining Suriyaning Idlib va Xoms viloyatlaridagi marralarini o‘qqa tutishda qatnashgan edi.

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtayer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esminetslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi aerodrom tomon 59 ta “Tomagavk” qanoti raketalari uchirildi. Suriya rasmiylarining qayd etishicha, Shayrat aerodromi to‘liq yaroqsiz ahvolga kelgan.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют