WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Samarqandda oilaviy janjal qotillik bilan yakunlandi
Samarqandda oilaviy janjal qotillik bilan yakunlandi
Samarqand shahridagi Motrid mahallasida 17-fevral kuni soat 16.30 larda qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
1971-yilda tug‘ilgan R.Kubayev uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1983-yilda tug‘ilgan D.Umarovaning bo‘yin va ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.
D.Umarova olingan jarohatlar oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. R.Kubayev qo‘lga olindi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda 2017-yilda yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan qotilliklar soni 200 ga yaqin bo‘lgani, bunday jinoyatlar eng ko‘p Samarqand viloyatida qayd etilgani bildirilgandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
6)
(
0)
(
5)
(
1)





- отсутствуют
