» » Namanganda ilk bor egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi

Namanganda ilk bor egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi


Namanganda ilk bor egilgan umurtqa pog‘onasi to‘g‘rilandi. Buning uchun 4 soat davom etgan ortopedik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, deb xabar beradi Namangan Today.

Hozirgacha shu kabi murakkab operatsiyalar Toshkent shahrida amalga oshirilardi. 15-fevral kuni bunday yuksak tibbiy mahorat talab etadigan ishga viloyatda ilk bor qo‘l urildi. Uni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi Zafar Xolov hamkasblari bilan birgalikda uddaladi.

Uychilik bemor, 20 yoshli Mahbuba Yunusova hushiga kelganida, uning yaqinlari ko‘p yillik orzu-niyatlari ushalgani bilan tabrikladi. Mahbuba endi barcha tengdoshlari qatori qaddini tik tutib yurish baxtiga muyassar bo‘ldi. Yetti yillik armon va azob endi ortda qoldi.

— Bosh vrachimiz Zafar Soliyevich 2017-yil sentabrigacha Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish institutida faoliyat yuritgan, o‘z sohasi bo‘yicha Rossiyada bir necha bor malaka oshirib kelgan, — deydi jarohat oqibatlaridan so‘nggi ortopediya-artrologiya bo‘limi boshlig‘i Yosinxon Faxriddinov. — Namanganga ishga yuborilishi bilan bu yerda bemorlarga poytaxtdagidek sharoitlarni yaratish, ilm-fan, amaliyot yutuqlari hamda ilg‘or tajriba va mahoratlarini dadil qo‘llash harakatida. Umurtqa pog‘onasining 4-darajali skoliozini o‘nglash bo‘yicha yangi operatsiyada yonma-yon turar ekanman, biz ham ustozlar izidan boraversak, bemorlarga nafimiz yanada ko‘proq tegishini his qildik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют