» » Namanganda “Farg‘ona vodiysida gastroenterologiya haftaligi” konferensiyasi boshlandi

Namanganda “Farg‘ona vodiysida gastroenterologiya haftaligi” konferensiyasi boshlandi


Namanganda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Farg‘ona vodiysida gastroenterologiya haftaligi-2017” nomli birinchi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi.

Anjuman “Jigar va oshqozon osti bezi xavfli hamda xavfli bo‘lmagan o‘smalarini aniqlash va jarrohlik yo‘li bilan davolashning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan. Unga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari sog‘liqni saqlash muassasalarida faoliyat olib borayotgan jarrohlar taklif etildi. Anjumanni Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Anvar Alimov ochib berdi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov mehmonlarni qutladi.

Konferensiyaning birinchi kuni gepatopankreatobilar jarrohlikning dolzarb masalalariga oid ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Rossiyadagi Vishnevskiy nomli jarrohlik instituti professorlari Ilya Kozlov va Dimitriy Ionkin, akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi katta ilmiy xodimi Maqsudjon Nishonovning ma’ruzalari tinglandi.

Anjumanning amaliy qismi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida davom ettiriladi. 3 kun mobaynida rossiyalik taniqli shifokor olimlar Toshkent shahridan kelgan hamkasblari bilan birgalikda mahalliy jarrohlarga eng murakkab amaliyotlarni ko‘rsatadi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют