» » O‘zbekistonda fuqarolarning davlat va xo‘jalik organlariga murojaatlarini Prezident virtual qabulxonasi orqali yuborish tizimi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda fuqarolarning davlat va xo‘jalik organlariga murojaatlarini Prezident virtual qabulxonasi orqali yuborish tizimi yo‘lga qo‘yildi


Davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va shaffofligini oshirish, ularga kelib tushayotgan murojaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona tizimga birlashtirish maqsadida fuqarolar murojaatlarini Prezident virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali yuborish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan 2018-yil 24-fevraldan qo‘mita raisining virtual qabulxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatishi bildirilgan.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati ham 25-fevraldan AJ boshqaruv raisi virtual qabulxonasi ishi to‘xtatilishi haqida ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishga tushirildi. 15-fevraldan portalda “Onlayn maslahatchi” moduli ham test rejimida ishga tushirildi. Modul davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar, jami 94 tashkilot va idoraning yuqori malakali, professional mutaxassislarini birlashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют