» » Hukumatdagi o‘zgarishlar, Surxondaryoda gullagan bodom, O‘zbekistonning ikki yilda ta’mirdan chiqadigan eski masjidlari va kunning boshqa muhim xabarlari

Hukumatdagi o‘zgarishlar, Surxondaryoda gullagan bodom, O‘zbekistonning ikki yilda ta’mirdan chiqadigan eski masjidlari va kunning boshqa muhim xabarlari


20-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Azim Ahmadxo‘jayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlandi. Bunga qadar vazirlikka rahbarlik qilib kelgan Sherzod Shermatov innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

2. “Xavfsiz shahar” komleksini yaratish loyihasiga javobgar Mirodil Sangilov vazifasidan ozod etildi. Ushbu lavozim Prezidentning 2017-yil 29-avgustdagi qarori bilan joriy etilgan edi.

3. Eski masjidlarni 2 yil ichida ta’mirlash bo‘yicha qaror qabul qilindi. “Muqaddas maskanlarni, ziyoratgohlarni, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori 15-fevral kuni qabul qilingan.

4. Nazarboyev lotin yozuvi asosidagi yangi qozoq alifbosini tasdiqladi. Nazarboyev qozoq tili alifbosini 2025-yilgacha bosqichma-bosqich tarzda lotin yozuviga o‘tkazish haqidagi farmonni 2017-yil oktabrida imzolagan edi.

5. Surxondaryoda bodom gulladi. Avvalroq Qashqadaryo viloyatida bodom gullagani haqida xabar berilgan edi. Bahor yaqin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют