» » Elnur Abduraimov prof boks orzusida Amerikaga yo‘l oldi. Murod Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov hali ham shartnoma tuzmagan

Elnur Abduraimov prof boks orzusida Amerikaga yo‘l oldi. Murod Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov hali ham shartnoma tuzmagan


Uzbek Tigers safida jang qilib kelayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Elnur Abduraimov professional ringga o‘tishga qaror qildi.

“Olamsport” nashrining xabar berishicha, Abduraimov prof boks umidida AQShga jo‘nab ketgan. Okean ortida uni kutib olishi va faoliyati kelgusida qanday kechishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

“Daryo”ga ma’lum bo‘lishicha, Abduraimovga qadar Amerikaga jo‘nab ketgan yana ikki bokschi — Shahram G‘iyosov hamda Murod Ahmadaliyev hozirgacha ham professional shartnoma tuzib ulgurmagan. Ayni vaqtda ular mashg‘ulotlarni aynan boks markazida davom ettirayotgani ma’lum.

Bungacha O‘zbekiston terma jamoasi safida Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori bo‘lganlardan Fazliddin G‘oibnazarov hamda Rustam To‘lagapov AQShga borib, professional shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lgandi. Ular hozirgacha prof ringga chiqib ham ulgurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют