» » Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumaniga 10,5 million dollarlik investitsiya jalb qilinadi

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumaniga 10,5 million dollarlik investitsiya jalb qilinadi


Qoraqalpog‘iston respublikasi Chimboy tumanida joriy yilda investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida 483 fermer xo‘jaligida 95 gektar maydonga qizil qalampir, 2 ming 935 gektarga qizilmiya ekish rejalashtirilgan, deb xabar beradi O‘zA.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Abdullayevning ma’lum qilishicha, 2018—2019-yillarda hududga 10 million 500 ming dollarlik investitsiya jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu 600 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Jumladan, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 million 500 ming, qishloq xo‘jaligi uchun 4 million 875 ming, chorvachilikka 1 million 522 ming, baliqchilik rivojiga 763 ming va boshqa sohalarga 2 million 590 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют