» » Qashqadaryoda niqob taqqan talonchilar omborxonadan 32 mln so‘mlik Nestle mahsulotlarini o‘mardi

Qashqadaryoda niqob taqqan talonchilar omborxonadan 32 mln so‘mlik Nestle mahsulotlarini o‘mardi


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi The best water brend MCHJ rahbari S.Qayumov Pillakashlik mahallasi hududida joylashgan jamiyat omborxonasidan katta miqdorda Nestle kasha mahsulotlari o‘g‘irlab ketilganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida joriy yil 11-fevralga o‘tar kechasi yuzlariga niqob taqqan noma’lum shaxslar omborxona qorovulxonasiga kirgani aniqlandi. Ular omborxona qorovullari Sh.Sohibov va X.Ochilovni temir bo‘lagi bilan urib, qo‘l-oyoqlarini mato va sim bilan bog‘lab, 2 ta mobil telefoni, 1 ta planshet va 32,6 million so‘mlik Nestle kasha mahsulotlarini olib ketadi. Qorovullarga bu haqda aytsalar, o‘ldirib yuborish bilan tahdid qiladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qamashi tumanida yashovchi B.Abdurahmonov, D.Oltiyev, M.Mingboyev, Sh.Ahmedov va Sh.Xo‘jamshukurov sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют