» » O‘zbekistonlik sportchilar uchun Pxyonchxandagi qishki Olimpiada o‘yinlari yakunlandi

O‘zbekistonlik sportchilar uchun Pxyonchxandagi qishki Olimpiada o‘yinlari yakunlandi


Pxyonchxandagi qishki Olimpiadada O‘zbekiston sharafini Misha Ge hamda Komil To‘xtayev himoya qilayotgandi. Endi esa o‘zbekistonlik sportchilar uchun Olimpiada o‘z yakuniga yetdi.

Bungacha Misha Ge muzga chiqqan bo‘lsa, 18-fevral kuni Komil To‘xtayev gigant slalomda omadini sinab ko‘rgan va 110 nafar sportchi orasidan 52-o‘rinni egallagandi.

Bugun — 22-fevral kuni To‘xtayev endi tog‘ chang‘isining slalom turiga kirishdi. Biroq u ilk oraliqdayo xatoga yo‘l qo‘ygani sabab, turnirdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi va finishgacha yetib bora olmadi.

Slalomda 108 sportchi o‘z omadini sinab ko‘rgan bo‘lsa, shulardan 52 nafari marraga yetib kela olgan. Qolgan 56 sportchi birinchi urinishdan keyinoq taqdirga tan bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют