» » Shimol yog‘dusi sirlari: Yaponiyalik olimlar noodatiy hodisani o‘rganishga erishdi

Shimol yog‘dusi sirlari: Yaponiyalik olimlar noodatiy hodisani o‘rganishga erishdi


Olimlar ilk bor Yerning magnitosferasi orqali o‘tuvchi elektronlar oqimini batafsil kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu hodisa shimol yog‘dusi sifatida mashhur. Shimol yog‘dusining sabablari allaqachon ma’lum bo‘lsa-da, tadqiqotchilar shu paytga qadar quvvatlangan oqimlar harakatini bevosita kuzatmagan edi, deb yozadi “Nauka.TV”.

Qutb va shimol yog‘dusi Yer atmosferasi yuqori qatlamlarining quyosh shamolining quvvatlangan zarralari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishi natijasida yuzaga keladi. Yaponiyaning aerokosmik tadqiqotlar agentligi olimlar guruhi maxsus datchikni qo‘llab Yerni bombardimon qilayotgan “elektronlar yomg‘iri”ni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi va bu tabiat hodisasi asosida yotuvchi mexanizmlar yangicha tushunchasini kashf etdi.

Oxirgi kuzatishlar elektronlar va plazmali to‘lqinlar o‘zaro ta’siri o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkonini berdi. Yaponiyaning Tokio universiteti dotsenti Satoshi Kasaxaraning aniqlik kiritishicha, avroral bo‘ronlar Yer magnitosferasidagi o‘zgarishlar tufayli paydo bo‘ladi. Ular quyosh shamolidan to‘plangan energiyani chiqaradi. Bu o‘zgarishlar avroral chaqnashlar bilan birga kechadi. Avroral yoylar oxir-oqibatda parchalanib, tarqoq dog‘lar ko‘rinishida paydo bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют