» » Floridadagi otishmada halok bo‘lgan uch nafar kursant AQSh armiyasi qahramonligi medali bilan taqdirlandi

Floridadagi otishmada halok bo‘lgan uch nafar kursant AQSh armiyasi qahramonligi medali bilan taqdirlandi


Florida shtatidagi Parklend maktabida sodir bo‘lgan otishma oqibatida halok bo‘lgan zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash korpusining uchta kichik kursanti AQSh armiyasi qahramonligi medallari bilan taqdirlandi. Qo‘mondonlik Alayn Petti, Piter Vong va Martin Dyukni taqdirlashga ruxsat berdi. Bu haqda Fox News’ga tayanib, Forum Daily xabar berdi.

14 yoshli Pettining oilasiga ushbu medal 1500 kishi qatnashgan dafn marosimida topshirildi.

Vongning oilasi esa 20-fevral kuni medalni qo‘liga oldi. 15 yoshli Vong o‘zining kursantlar uchun mo‘ljallangan kiyimida, o‘quvchilarga otishmadan qochishda yordam berayotgan vaqtida halok bo‘lgan.

O‘smirni taqdirlash bo‘yicha Oq uy saytida petitsiya tashkil etilgandi.

Bundan tashqari Amerikaning West Point harbiy akademiyasi Vong hayotligida ushbu muassasasida o‘qishni orzu qilganligi sabab uni o‘limidan so‘ng o‘qishga qabul qildi.

Uchinchi kursant — Dyukning oilasiga esa medal 24-fevral kuni, o‘z o‘g‘lini dafn qilish marosimida topshiriladi.

Halok bo‘lgan barcha kursantlar ROTC’ning sobiq kursanti Nikolas Kruz tomonidan 14-fevral kuni maktabga amalga oshirilgan hujum oqibatida o‘ldirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют