» » Shavkat Mirziyoyev: Har bir turist — investitsiya (video)

Shavkat Mirziyoyev: Har bir turist — investitsiya (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Prezident matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, unda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilingan.

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida efirga uzatilgan reportajda ma’lum qilinishicha, Prezident O‘zbekistonga kelayotgan har bir sayyohni investitsiya deb atagan.

Bir yil ichida turizm sohasi bo‘yicha juda katta ishlar qildik. Juda katta to‘siq bo‘lgan masalalar bo‘yicha — qanchalik og‘ir bo‘lmasin — hamma jihatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qildik. Barcha viloyatlarimizda investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim joriy etdik. Turistning har biri investitsiya.

Ikkinchidan, turistik salohiyati yuqori hisoblangan Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi viloyatlarning hokimlariga turizmni rivojlantirish bo‘yicha tizim taqdim etildi.

Qani, ayting, qaysi mamlakatda O‘zbekistondagi kabi buyuk ajdodlar, allomalar, bunday tarixiy shaharlar bor? Shunday allomayu shaharlari bor davlatlar o‘z imkoniyatlardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanyapti?.. Bu soha ertaga iqtisodiyotimizning barqarorligi uchun juda katta asos bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident matbuot xizmatidan qo‘shimcha qilishlaricha, yig‘ilishda O‘zbekistonning investitsiya, savdo va turizm salohiyatini o‘zaro muvofiqlashtirib, yagona brend ostida reklama qilish zarurligi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют