» » Somalida sodir bo‘lgan portlashlarda kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Somalida sodir bo‘lgan portlashlarda kamida 18 kishi halok bo‘ldi


23-fevral, juma kuni Somali poytaxti Mogadishoda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al-Jazira” telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobillar portlab ketgan. Avtomobillardan biri prezident saroyi yaqinida, ikkinchisi esa mehmonxona oldida portlagan. Shundan so‘ng o‘q ovozlari ham eshitilgan.

Shuningdek, jarohat olgan 20 nafar odam shifoxonaga yetkazilgan.

Portlash bo‘yicha mas’uliyatni “Ash-Shabab” terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют