» » “Barselona” va “Real” uchun atalgan kun. Har ikki klubning eng mashhur triosidan gollar shousi

“Barselona” va “Real” uchun atalgan kun. Har ikki klubning eng mashhur triosidan gollar shousi


Ispaniya La Ligasining 25-turi “Barselona” va “Real”ning yirik g‘alabalari bilan yodda qoldi.

“Santyago Bernabeu” arenasida “Alaves”ni qabul qilgan “Real” 4:0 hisobida zafar quchdi. Ikki mavsumdirki “Real”ning mashhur triosi a’zolari 1 ta o‘yinda gol urishning uddasidan chiqa olmay kelayotgandi. Kecha Ronaldu ham, Beyl ham, Benzema ham o‘zini ko‘rsatdi. Bungacha “Real” penaltilarini Krishtianu amalga oshirib kelardi. Kecha portugaliyalik hujumchi dublini rasmiylashtirib bo‘lib, o‘sha penaltisini sherigi Benzemaga ilinishga qaror qildi.

“Barselona” esa biroz keyinroq yanada yirik hisobda zafar quchdi. Kataloniya derbisida Valverde shogirdlari “Jirona”ni ayab o‘tirmadi — 6:1. Bu yerda Messi, Suares hamda Koutinyo uchligi yorqin o‘yin namoyish etdi. Shu kuni bosh murabbiy bir vaqtning o‘zida Dembeleni ham maydonga chiqargani diqqatga sazovor. Inyesta va Poulinyo esa zaxirada qoldirildi.

Ispaniya La Ligasi

25-tur bellashuvlari

24-fevral, shanba

Gollar: Yago Aspas, 56 (1:0). Maksimiliano Gomes, 79 (2:0).

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 44 (1:0). Garet Beyl, 46 (2:0). Krishtianu Ronaldu, 61 (3:0). Karim Benzema, 89-pen (4:0).

Gollar: Portu, 3 (0:1). Luis Suares, 5 (1:1). Lionel Messi, 30 (2:1). Lionel Messi, 36 (3:1). Luis Suares, 44 (4:1). Filippe Koutinyo, 66 (5:1). Luis Suares, 76 (6:1).

25-fevral, yakshanba

“Vilyarreal” — “Xetafe” 16:00

“Atletik” — “Malaga” 20:15 Futbol-TV

“Valensiya” — “Real Sosyedad” 22:30 Futbol-TV

“Sevilya” — “Atletiko” 00:45

26-fevral, dushanba

“Levante” — “Betis” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют