» » “Adolat” partiyasi Toshkent viloyati kengashi deputatlari 2017-yilda 165 ta deputatlik so‘rovi yo‘lladi

“Adolat” partiyasi Toshkent viloyati kengashi deputatlari 2017-yilda 165 ta deputatlik so‘rovi yo‘lladi


“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashining XI plenumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xalq deputatlari viloyat kengashiga partiyadan saylangan deputatlar, partiyaning tuman va shahar kengashlari raislari, “Yosh adolatchilar”, “Ayollar qanoti” faollari ishtirok etgan tadbirda 2017-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Plenumda partiya viloyat kengashi raisligiga U. Shoumarov saylandi. Shundan so‘ng partiya faoliyati bo‘yicha barcha tuman va shaharlarda 2017-yilda bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

“Partiyamiz deputatlari tomonidan 2017-yilda viloyat bo‘yicha 510 mahalla fuqarolar yig‘inidagi 8811 oila ahvoli o‘rganildi, — dedi xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Z. Eraliyeva. — Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, ‘Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash — demokratik jamiyat poydevori’ loyihasi bo‘yicha haftaning har seshanba kuni mahalla, korxona va tashkilotda qonunlar ijrosi yuzasidan suhbatlar, siyosiy o‘quvlar o‘tkazildi. Plenumda o‘z hududida faol ishlagan deputatlar faoliyati ijobiy baholandi. Biroq mahalliy kengashlarning ayrim deputatlari o‘z vakolatidan to‘liq foydalanmayotgani, xalqning ishonchli vakili degan nomga munosib ish ko‘rsatmayotgani ta’kidlandi. Joriy yilda partiyamizning ‘Adolat —hayotimizning bosh mezoni, adolat — har bir inson uchun’ dasturini amalga oshirish bo‘yicha ish rejamiz ishlab chiqilgan bo‘lib, unda qamrab olingan vazifalar ijrosini ta’minlashda faol ish olib borishga harakat qilamiz”.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar kengashlari deputatlari tomonidan hisobot davrida 165 deputatlik so‘rovi chiqarilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgan. Bu borada partiyaning Ohangaron, Yangiyo‘l tumanlari, Angren, Chirchiq va Bekobod shaharlari kengashlari samarali ish olib borgan. Lekin Olmaliq shahar, Bekobod, Zangiota, Qibray, Piskent hamda Chinoz tumanlari faoliyatini qoniqarli deb bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют