» » Nigeriya hukumati “Boko haram” jangarilari 110 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketganini tasdiqladi

Nigeriya hukumati “Boko haram” jangarilari 110 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketganini tasdiqladi


Nigeriya hukumati 25-fevral, yakshanba kuni “Boko haram” jangarilari tomonidan Yobe shtatida joylashgan Dapchi qishlog‘idan 110 nafar maktab o‘quvchisi o‘g‘irlab ketilganini tasdiqladi. Bu haqda France-Presse agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Federal hukumat 19-yanvar kuni jangarilarning ta’lim muassasasiga uyushtirgan hujumi oqibatida o‘g‘irlab ketilgan 110 nafar maktab o‘quvchisi hali topilmaganini tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.

O‘g‘irlab ketilgan o‘quvchilar soni maktab ma’muriyati va shtat hukumati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan so‘ng aniqlandi.

2014-yilda “Boko haram” jangarilari Chibok shahridagi litseydan 276 nafar qizni o‘g‘irlab ketgan edi. Keyinroq, ularning 57 nafari asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lgan, 2016-yilning oktabrida esa yana 20 nafar maktab o‘quvchisi “Qizil Xoch” xalqaro qo‘mitasining muzokalari natijasida ozod qilingan. Shuningdek, 2017-yilda 82 nafar qiz ozodlikka chiqarilgan. Biroq shunga qaramay yuz nafarga yaqin qiz hamon bedarak yo‘qolganlar safida qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют