» » Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni ikki barobar ko‘paydi

Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni ikki barobar ko‘paydi


Tashqi va ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida qisqa vaqt ichida sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshdi, deb yozadi O‘zA.

“Avvalgi yillarda qish paytlarida mehmonlar kelishi keskin kamayib ketishi tufayli xodimlarimizning ko‘pchiligiga ta’til berilar edi, — deydi Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi rahbari D. Ermamatov. — Bu yil yanvar-fevral oylarida ham majmuamizga keluvchilar oqimi kamaygani yo‘q. Buni raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak, o‘tgan yil yanvar oyida 43700 dan ortiq mehmon, jumladan, 125 nafar chet ellik buyuk muhaddis bobomiz maqbarasini ziyorat qilgan edi. Joriy yilda esa ziyoratchilar qariyb 72 ming kishini, ular orasida xorijliklar 300 nafarni tashkil etdi. Ushbu davrdagi pul tushumi 67 million 500 ming so‘mga yetib, o‘tgan yilgidan 27 million 900 ming so‘m ko‘p bo‘ldi”.

“Bayram kunlarida qo‘shimcha dam olish kunlarining joriy etilishi, ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi. Misol, uchun, Yangi yil bayrami kunlarida qish payti bo‘lishiga qaramay majmuamiz ziyoratchilar bilan har qachongidan gavjum bo‘ldi. Navro‘z bayramidagi dam olish kunlarida esa sayyohlarimiz safi ancha kengayishi kutilmoqda. Buning uchun zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirib, gid-tarjimonlar va diniy xodimlar malakasini oshirish choralarini ko‘rdik. Hududda ziyoratchilar uchun har tomonlama qulayliklar yaratishga harakat qilmoqdamiz”.

Ayni paytda majmua yonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurilishi ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Qurilish uchastkasi boshlig‘i — “Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimi R. Buruboyevning aytishicha, 7 gektar maydonni egallagan hududda asosiy qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan va hozirda binolarni pardozlash va jihozlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar milliy va zamonaviy arxitektura uyg‘unligida bajarilmoqda.

Ushbu maskanda ilmiy-tadqiqot markazi, hadisshunoslik maktabi va mazkur maktab tinglovchilari uchun yotoqxona, oshxona, sport-sog‘lomlashtirish maskanlari, ilmiy xodimlarga mo‘ljallangan turar joylar bunyod etilgan. Markazda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan va noyob tarixiy kitoblar, qo‘lyozmalar saqlanadigan yirik kutubxona, hadisshunoslik ilmi bilan bog‘liq muzey tashkil qilinadi.

Bu markaz kelgusida Imom Buxoriy majmuasi bilan yaxlit kompleks sifatida buyuk allomalar merosini o‘rganish va tadqiq etishga xizmat qiladigan ma’rifat maskani, yirik sayohlik markaziga aylanishi shubhasiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют