» » Ed Shiran 2017-yilning eng xaridorgir xonandasiga aylandi

Ed Shiran 2017-yilning eng xaridorgir xonandasiga aylandi


Britaniyalik Ed Shiran 2017-yilning eng xaridorgir xonandasiga aylandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Fonogrammalar ishlab chiqaruvchilar xalqaro federatsiyasiga (IFPI) ko‘ra, Shiranning Divide albomi o‘tgan yili dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotildi va 36 davlatda multiplatinali albom maqomini oldi.

2016-yili IFPI reytingini boshqargan kanadalik reper Dreyk bu gal More Life albomi bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Uchinchi o‘rinni esa Reputation albomi muvaffaqiyat qozongan kantri-pop ijrochisi Teylor Svift egalladi.

Shuningdek, xaridorgir qo‘shiqchi va guruhlar qatoriga Kendrik Lamar, Eminem, Bruno Mars, The Weeknd, Imagine Dragons, Linkin Park va The Chainsmokers ham kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют