» » O‘zbekiston FVV xodimlari xizmat safari bilan Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston FVV xodimlari xizmat safari bilan Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi


20—23-fevral kunlari FVV favqulodda vaziyatlarda profilaktika boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Dadaxonov va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Sotiev Janubiy Koreyaga xizmat safari bilan tashrif buyurdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Mazkur tashrif Koreya ichki ishlar va xavfsizligi vazirligi, hamda Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ofitserlari Ulsan shahrida joylashgan milliy institutning tabiiy ofatlarni bartaraf etish boshqarmasi, Sondo va Inchxon shaharlaridagi Smart City observatoriyasida, ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi hamda Seul shahrining favqulodda vaziyatlar milliy markazi va xavfsizligi kabi nufuzli tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, FVV vakillari Koreyada favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularning oldini olish borasida amalga oshirilgan tadbirlarni yuqori baholadi.

Tashrif yakunida ichki ishlar vazirligi xalqaro xamkorlik departamenti boshlig‘i va Koreya respublikasi xavfsizligi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют