» » Sport-TV Uzbek Tigers — Cuba Domadores janglari vaqtidagi nosozlik uchun uzr so‘radi. Bugun boks kechasi qayta namoyish etiladi

Sport-TV Uzbek Tigers — Cuba Domadores janglari vaqtidagi nosozlik uchun uzr so‘radi. Bugun boks kechasi qayta namoyish etiladi


WSB musobaqasining guruh bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Uzbek Tigers — Cuba Domadores klublari ishtirokidagi janglar Sport-TV telekanali tomonidan namoyish etildi.

Avvalroq boks federatsiyasi translyatsiya sifatini yaxshilash va jang o‘tadigan obyektning talabga javob berishidan kelib chiqib, kubalik bokschilarga qarshi janglarni Termizdan Toshkentga ko‘chirgandi. Biroq translyatsiya davomida bir qator uzilishlar kuzatildi.

“Olamsport” nashri Sport-TV mazkur uzilishlar uchun rasman uzr so‘ragani borasida ma’lumot chop etdi. Ma’lumki, Toshkentdagi boks oqshomi vaqtida havo harorati birdan o‘zgarib, kuchli shamol turdi va yomg‘ir yog‘a boshladi. Aynan shu holat translyatsiya masalasidagi uzilishlarga sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Sport-TV xodimlari bunda tezkor ish olib borib, avariya holatini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyingina translyatsiya yana bir maromga tushib olgan. Ma’lumotda qayd etilishicha, Uzbek Tigers — Cuba Domadores janglari bugun — 28-fevral kuni 14:10 dan boshlab takroran efirga uzatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 136) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют