» » Uzbek Tigers — Cuba Domadores 1:0. Hasanboy Do‘stmatov birinchi bo‘lib ringga chiqdi va kubalik raqibini taslim etdi

Uzbek Tigers — Cuba Domadores 1:0. Hasanboy Do‘stmatov birinchi bo‘lib ringga chiqdi va kubalik raqibini taslim etdi


WSB musobaqasining guruh bosqichi doirasida Cuba Domadores klubini qabul qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi birinchi jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Toshkentdagi “Universal” sport majmuasidagi boks kechasi ringiga birinchi bo‘lib Rio—2016 chempioni Hasanboy Do‘stmatov ko‘tarildi. -49 kilogramm vazn toifasida Xoanis Argilagosga qarshi kurashgan Hasanboy, jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Oldinda Shahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov kabi o‘zbekistonlik bokschilar kubaliklarga qarshi ringga chiqishik kerak. Cuba Domadores ringlarida kechgan ilk to‘qnashuvda Uzbek Tigers bokschilari 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

WSB doirasida Uzbek Tigers Kuba klubi bilan qatorasiga uchinchi mavsum to‘qnash kelmoqda. Avvalgi ikki mavsumda okean orti vakillari o‘z ringlarida 5:0 hisobida zafar quchishgan. O‘tgan yil esa Uzbek Tigers Samarqandda kubaliklarni taslim eta olgandi — 3:2. Mazkur guruhda, shuningdek, Kolumbiya va Venesuela jamoalari ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют