» » Olimpiada chempionlari uyaltirmayapti: Shahobiddin Zoirovda ham g‘alaba. Uzbek Tigers — Cuba Domadores 2:0

Olimpiada chempionlari uyaltirmayapti: Shahobiddin Zoirovda ham g‘alaba. Uzbek Tigers — Cuba Domadores 2:0


WSB guruh bosqichi doirasida Cuba Domadores klubini qabul qilayotgan Uzbek Tigers boks jamoasi ikkinchi jangni ham o‘z foydasiga hal qildi.

Bungacha Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov ilk jangda ustun kelgan bo‘lsa, Rio qahramonlaridan yana biri Shahobiddin Zoirov ham jamoasiga 1 ochko olib berdi. -56 kilogramm vazn toifasida Robeysi Ramiresga qarshi ringga chiqqan Shahobiddin, raqibidan ustunroq jang qila oldi.

Oldinda Uzbek Tigers bokschilaridan Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov hamda Sanjar Tursunov ringga ko‘tariladi. Ulardan istalgan biri g‘olib chiqsa ham, boks kechasida O‘zbekiston klubining qo‘li baland keladi.

Bungacha Cuba Domadores bokschilari okean ortida kechgan ilk to‘qnashuvlarda Uzbek Tigers jamoasining C1 guruhiga a’zo charm qo‘lqop ustalarini birma-bir taslim qilgandi — 5:0.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют