» » GetContact ayg‘oqchi dasturi O‘zbekiston bo‘yicha AppStore’da Telegram’dan o‘zib ketib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi

GetContact ayg‘oqchi dasturi O‘zbekiston bo‘yicha AppStore’da Telegram’dan o‘zib ketib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi


GetContact mobil dasturi AppStore Uzbekistan onlayn do‘konida ko‘chirishlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa keldi. Uzoq vaqtlardan buyon birinchi pog‘onani Telegram messenjeri egallab kelayotgan edi, deb xabar beradi Spot nashri.

GetContact foydalanuvchining raqami do‘stlarining telefonida qanday yozilganini tekshirish imkoniyatini beruvchi dastur ekanligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, mobil dastur yagona ma’lumotlar bazasini to‘plab, buning natijasida noma’lum raqam aniqlovchisi sifatida ishlashi mumkin.

Foydalanuvchilarning qayd qilishicha esa, aslida dastur ijtimoiy tarmoqlarni tekshirib, natijalarni tasodifiy tartibda chiqarib beradi.

GetContact foydalanuvchilik kelishuvida ishlab chiqaruvchilar to‘plangan ma’lumotlarni uchinchi shaxslar bilan bo‘lishish huquqiga ega ekanligi ochiq-oydin aytilgan. Masalan, dastur telefon raqamlari, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, elektron pochta, SMS-xabarlar va qo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Oxir-oqibat ishlab chiquvchilar axborot o‘g‘irlash bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi. AQShning AppStore do‘konida dastur o‘nlab salbiy taqrizlar olgan, ularda dastur ma’lumot o‘g‘irlashi qayd etilgan.

Fevral oyida dastur Qozog‘istonda bloklangan. Hozirda esa GetContact boshqa mamlakatlarda ham reytinglar boshiga kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют