» » Porsche o‘z tarixidagi 5 ta eng yengil sportkarni tanladi (video)

Porsche o‘z tarixidagi 5 ta eng yengil sportkarni tanladi (video)


Porsche kompaniyasi o‘z tarixidagi beshta eng yengil sportkarni tanladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

To‘plamda beshinchi o‘rinni 2.7 Carrera RS kupesi egalladi. Avtomobil 1973-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning vazni 975 kilogrammni tashkil qiladi. To‘rtinchi qatordan 675 kilogramm vazn bilan 1966-yilda ishlab chiqarilgan Porsche 906 Carrera 6 joy olgan.

1951-yilda ishlab chiqarilgan va 640 kilogramm vaznga ega 356 SL uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o‘rinni esa 1959-yilda ishlab chiqarilgan Porsche 718 Formel 2 456 kilogramm bilan egallagan.

Kompaniyaning eng yengil sportkari sifatida 384 kilogrammli 909 Bergspyder qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют