» » GM Uzbekistan 2017-yilda 135,47 ming nusxa yengil avtomobil ishlab chiqardi

GM Uzbekistan 2017-yilda 135,47 ming nusxa yengil avtomobil ishlab chiqardi


GM Uzbekistan AJ 2017-yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 58,1 foizga ko‘tarib, 135,47 donagacha yetkazdi, deb xabar berdi UzDaily.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekistonda 85,67 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgich 2017-yilda 135,47 mingtani tashkil etgan.

Xususan, GM Uzbekistan 2017-yilda Nexia ishlab chiqarishni 34,54 mingtagacha (7,4 foizga), Damas — 22,49 mingtagacha, Spark — 22,36 mingtagacha oshirdi.

O‘tgan yili Gentra avtomobilidan 19,16 ming nusxa (2 foizga o‘shish) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Cobalt — 18,01 mingtani (4,6 baravarga), Matiz — 13 ming (4,4 baravar), Captiva — 4,54 ming (2,1 baravar), Malibu 963 donani, Orlando esa 388 nusxani (15,5 foiz) tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют