» » AQShda maktab o‘qituvchisi sinfga qamalib oldi va otishma uyushtirdi

AQShda maktab o‘qituvchisi sinfga qamalib oldi va otishma uyushtirdi


AQShning Jorjiya shtati Dalton shahrida maktab o‘qituvchisi sinfga qamalib oldi va otishma uyushtirdi, deb yozadi “Meduza”.

O‘qituvchi politsiya bilan muzokara o‘tkazganidan so‘ng taslim bo‘lgan.

Otishma oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. O‘quvchilardan biri maktab bo‘ylab yugurayotganda to‘pig‘ini jarohatlagan.

Qayd etilishicha, 53 yoshli Rendal Devidson sinf xonasiga qamalib olib, o‘quvchilarni ichkariga kiritishdan bosh tortgan. Maktab direktori eshikni kalit yordamida ochishga uringanida esa o‘qituvchi oynaga qarata o‘q uza boshlagan.

Hozircha hodisa sabablari noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют