» » MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga o‘yinini ko‘rish uchun Farg‘onaga, sport vaziri Isroilov esa Navoiyga bordi

MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga o‘yinini ko‘rish uchun Farg‘onaga, sport vaziri Isroilov esa Navoiyga bordi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ochilish uchrashuvlarini ko‘rish uchun MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda sport vaziri Shoakram Isroilov stadionlarga bordi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bir vaqtning o‘zida O‘FA birinchi vitse-prezidenti ham hisoblangan Umid Ahmadjonov “Neftchi” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni tomosha qilish uchun Farg‘onaga yetib kelgan. Ahmadjonov bungacha ham vodiyda mehmon bo‘lib, Farg‘ona futbolidagi holat bilan tanishgandi.

Yaqindagina sport vaziri etib tayinlangan Shoakram Isroilov esa “Qizilqum” hamda “Lokomotiv” jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilish uchun Navoiyga borgan.

Bungacha Umid Ahmadjonov Chempionlar Ligasining pley-offidan o‘rin olgan “Al-Garafa” hamda “Paxtakor” jamoalari ishtirokidagi o‘yinni tomosha qilish uchun Qatarga borgan va yo‘l-yo‘laka Qatar olimpiya qo‘mitasi prezidenti bilan uchrashib qaytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 19:28)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют