» » Nokia va Vodafone Oyda 4G tarmog‘ini yaratadi

Nokia va Vodafone Oyda 4G tarmog‘ini yaratadi


Germaniyaning Vodafone mobil operatori va Finlyandiya Nokia kompaniyasi 2019-yilda Oyda birinchi 4G tarmog‘ini yaratadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Xabar berilishicha, ayni paytda Yerning tabiiy yo‘ldoshida mobil tarmoqning qismlarini yaratish ishlari davom etmoqda. Nokia tomonidan ma’lum qilinishicha, uning qurilmasining vazni bir necha kilogramm bo‘ladi va shu paytgacha yaratilganlar orasida eng yengili bo‘ladi. Uni Oy sathiga olib chiqish SpaceX kompaniyasining Falcon 9 eltuvchisi yordamida amalga oshiriladi.

4G tarmog‘ining yaratilishi Oydan Yerga videotasvirlarni va boshqa ma’lumotlarni translyatsiya qilish uchun zarur. Yangi qurilma Audi kompaniyasining Oyda harakatlanish uchun yaratilgan ikkita mashinasi o‘rtasida aloqani ta’minlashga ham xizmat qiladi. Mashinalardan Oyda 1972-yilda bo‘lgan “Appolon-17” kemasining izini borib ko‘rish uchun foydalaniladi.

Bu loyihada kompaniyalarga Germaniyaning PTScientists xususiy kosmik kompaniyasi yordam bermoqda. Mazkur kompaniya o‘zining Oy dasturi doirasida mashinalarni Oyga olib chiqishga va Yer bilan aloqani ta’minlashga xizmat qiluvchi modul ustida ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют