» » Robotlar 3—5 yildan so‘ng kompaniyalar uchun xodimlar tanlashni boshlaydi

Robotlar 3—5 yildan so‘ng kompaniyalar uchun xodimlar tanlashni boshlaydi


Xodimlarni tanlash 3—5 yildan so‘ng to‘liq avtomatlashtirilishi mumkin. Rossiyada o‘zgarishlar Moskva mehnat bozoridan boshlanadi, keyin hududlarga tarqaladi. Bu haqda JungleJob rekruting agentligi asoschisi Yevgeniya Dvorskaya ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chaqiruvlar markazi xodimi kabi mutaxassislik uchun nomzodlarni ommaviy saralash allaqachon robotlar yordamida amalga oshirilmoqda. Kelajakda robotlar mimika tahlili, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tutishi, jarimalarning borligi va boshqa hujjatlarga qarab, kompaniyalar uchun nomzodlarni tanlaydi.

Mashina tomonidan baholangan natijalarni ko‘rib chiqish bir daqiqa vaqt oladi. Bu orqali xodimlar bilan shug‘ullanuvchi bir nafar xodimga bir yilda to‘lanadigan 500 million rubl, xodimning bir oyda 88 soat vaqti tejab qolinishi mumkin. Qarorni mashina qabul qiladi — bu ayni kunda mehnat bozori intilayotgan maqsad.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют